Maxsus poyabzalni tanlaymiz: rezinami yoki PVX?
Ish poyabzalining vazifasi — oyoqlarni loy, suv, agressiv moddalar, tirnalishlar, shilinishlar, kesishlar va boshqa zararli omillardan himoya qilish. Shuning uchun maxsus poyabzal mustahkam, yey...
Ish poyabzalining vazifasi — oyoqlarni loy, suv, agressiv moddalar, tirnalishlar, shilinishlar, kesilishlar va boshqa zararli omillardan himoya qilishdir. Shuning uchun maxsus poyabzal mustahkam, yeyilishga chidamli va maksimal darajada qulay bo‘lishi lozim.
\nMaqolada PVX etiklar nima uchun rezinadoshlaridan ko‘ra yaxshiroq ekanligini tushunishga harakat qilamiz.
\nPVX foydasiga uchta plyus
\n-
\n
- Texnologiya \n
Rezina ish etiklari bir nechta yelimlangan qatlamlardan tayyorlanadi. Biroz vaqt o‘tgach, harorat, namlik va tabiiy yeyilish ta’sirida rezina mahsulotlari qurib, yorilib ketadi.
\nbir nechta yelimlangan qatlamlardan tayyorlanadi. Biroz vaqt o‘tgach, harorat, namlik va tabiiy yeyilish ta’sirida rezina mahsulotlari qurib, yorilib ketadi.
\nPolivinilxloriddan tayyorlangan qishki etiklar qo‘shimcha isitish qatlamiga ham ega, bu ularni past havo haroratida ishlatish imkonini beradi.
\n-
\n
- Choklar \n
Rezina etiklar konstruksiyasi ikki elementdan iborat — elastik qo‘nj va qattiq taglik. Bu qismlar bir-biriga yelim bilan biriktirilgan. Vaqt o‘tishi bilan bunday chok suv o‘tkaza boshlaydi.
\nPVX poyabzalida choklar mavjud emas. Biroq mahsulot qattiq taglik, burun va tovon qismi, shuningdek, yumshoq qo‘njdan iborat. Bu qismlarning barchasi yagona bir butunni tashkil etadi.
\n-
\n
- Vazn \n
Rezina polivinilxloriddan ko‘ra og‘irroq. Shuning uchun, agar ish smenasi asosan «oyoq ustidaaquo; o‘tsa, PVXdan tayyorlangan ish botinkalarini tanlagan ma’qul. Bunday poyabzalda oyoqlar kamroq charchaydi.
\nPVX-texnologiyasining afzalliklari
\nPolivinilxlorid anchadan beri sanoatda qo‘llanib kelinmoqda. Undan uskunalar detallari, maishiy texnika korpuslari, qurilish materiallari, mebellar, poyabzallar va boshqa ko‘plab narsalar tayyorlanadi.
\nShuningdek, polivinilxlorid ekologik xavfsiz material hisoblanadi. Uning hidi yo‘q, allergiya qo‘zg‘atmaydi. Bundan tashqari, PVXning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
\n-
\n
- Maksimal germetiklik. Material suv, loy va kimyoviy moddalarni o‘tkazmaydi. \n
- Yengil vazn. \n
- Harorat o‘zgarishiga, ultrabinafsha nurlariga, yo‘l reagentlariga, tuzga, texnik suyuqliklarga chidamlilik. \n
- Mexanik shikastlanishlardan ishonchli himoya. \n
- Yonishga chidamlilik. Yuqori harorat yoki ochiq olov ta’sirida material yonib ketmaydi, balki erishni boshlaydi. \n
- Qarovi oddiy. Maxsus tozalash yoki saqlash uchun alohida sharoitlar talab qilinmaydi. \n
- PVX mahsulotini istalgan rangga bo‘yash imkoniyati. \n
Qo‘llanish sohasi
\nPolivinilxloriddan tayyorlangan maxsus poyabzal turli sohalarda keng qo‘llaniladi:
\n-
\n
- Ishlab chiqarish va qurilish maydonchalari, ustaxonalar, omborxonalar. Poyabzal kislotalar, tuzlar, ishqorlar, neftni qayta ishlash mahsulotlari, texnik moylar ta’siriga bardosh bera oladi. Qo‘shimcha ravishda, botinka yoki etiklar tumshuq qismida teshilishdan himoya qiluvchi metall plastinalar bilan jihozlanadi. Maxsus poyabzal sirpanmasligi uchun esa ishlab chiqaruvchilar sirpanmaydigan protektorli tagcharmdan foydalanadilar. \n
- Baliq ovi, turistik safarlar, o‘rmonda dam olish, qishloq xo‘jaligi ishlari. \n
Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar erkaklar va ayollar uchun PVXdan tayyorlangan maxsus poyabzal modellarini ishlab chiqarmoqdalar. Yozgi va mavsumiy botinkalarni, shuningdek, sovuq kunlarda ko‘chada ishlash imkonini beradigan issiq tutilgan etiklarni topish mumkin.
\n- Izohlar

