Prouniforma kompaniyasi to'g'risida ma'lumot
Kompaniya to’g’risida
«TOPAZ COMPANY» MChJ 2015 yilda tashkil etilgan.
ProUniforma kompaniyasi 2015 yilda O’zbekistonda ta’sis etilgan. Kompaniya missiyasi – mahalliy korxonalar va yakka tartibdagi iste’molchilarga eng sifatli, talabgir va zamonaviy maxsus kiyim hamda maxsus poyabzal modellarining keng tanlovini arzon narxlarda taklif etish. Kompaniya dastlab maxsus kiyim tikish bilan shug’ullangan va faoliyati davomida O’zbekistonning yirik brendlari bilan hamkorlik qilib ulgurgan.
Ishchilarning maxsus kiyimi xodimlar qulayligi, ularning sog’lig’ini salbiy omillardan himoya qilish, sanitariya-gigiena talablarini bajarish bilan bog’liq turli vazifalarni bajaradi. Maxsus kiyimning yana bir muhim vazifasi – korporativ ruh va kompaniya obro’sini saqlash. Bu ayniqsa xizmat ko’rsatish sohasida muhim, bu erda maxsus forma kiygan xodim tom ma’noda kompaniya yuzi va iste’molchi bilan asosiy aloqa bo’g’ini bo’ladi.
Kompaniyamiz katalogida maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalarining turli toifalari taqdim etilgan. Biz eng mashhur va ish sifatini isbotlagan ishlab chiqaruvchilarning maxsus kiyimlarini sotishdan tashqari, buyurtma asosida maxsus kiyim ham ishlab chiqaramiz. Bu kiyimning individual xususiyatlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lgan mijozlar uchun ajoyib imkoniyat. Turli vazifalar uchun mo’ljallangan buyurtmaga binoan maxsus kiyimni yuqori sifatli materiallar va ilg’or texnologiyalar yordamida yaratamiz.
Buyurtma bo’yicha maxsus kiyim tikish brendlash xizmatini ham o’z ichiga oladi. Kelgusi kiyimning dizaynini mustaqil ravishda tanlashingiz va uni barcha ehtiyojlaringizga maksimal darajada mos keladigan qilishingiz mumkin.
O’zingizga mos model tanlashda qiyinchilikka uchrasangiz yoki maxsus kiyim buyurtma berish uchun tayyor loyihangiz bo’lmasa, maslahatchilarimiz to’g’ri tanlov qilishda yordam beradi. ProUniforma maxsus kiyimini ham ulgurji, ham kichik hajmda sotib olish mumkin.
Bizning afzalliklarimiz
- Sertifikatlangan mahsulotlarning keng assortimenti
- O’z ishlab chiqarishimiz
- Buyurtma bo’yicha tikish va brendlash xizmati
- O’zbekiston bo’ylab bepul yetkazib berish
- Arzon narxlar – ulgurji va chakana
- 3 oy kafolat
Bog’lanish
Telefon: +998 99 821-12-22
Manzil: Toshkent shahri, Nukus ko’chasi, 85/1
Ish tartibi: Dush. – Jum.: 9:00 dan 18:00 gacha
