Quruvchilar uchun maxsus kiyim
Qurilish maydonchalarida, ishlab chiqarish sexlarida xavfsizlik texnikasiga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Maxsus kiyim ishchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning tarkibiy qismlaridan biridir. Qurilishda kaska va turli xavflardan himoyalanish uchun maxsus kostyumlar majburiy element hisoblanadi.
\n\tQuruvchi anjomi mustahkam, havo o‘tkazadigan matodan tikilgan kiyimlardan iborat. Ishchining kostyumi u yoki bu ishni bajarayotgan mutaxassisning xavfsizligini ta’minlaydigan me’yor va talablarga javob berishi kerak. Masalan, elektrikning kiyimi va poyabzalida metall furnitura bo‘lmasligi kerak. Payvandlovchining kostyumi o‘tga chidamli matodan tayyorlanadi. Har bir mutaxassislik o‘ziga xos jihatlarga ega. \n
\n\n\tQuruvchining kiyimiga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagicha: \n
\n-
\n\t
- eyilishga chidamlilik; \n\t
- mavsumiylik. Jazirama issiq uchun kostyumlarning bir modellari, sovuq ob-havo uchun esa issiq kurtkalar mo‘ljallanadi; \n\t
- bichimning qulayligi. Ishchi kostyumlari uchun maxsus lekalolar qo‘llaniladi. Kiyim mutaxassisning harakatlarini cheklab qo‘ymasligi kerak; \n\t
- funksionallik, moda tendensiyalariga muvofiqlik. Mutaxassis kurtkasidagi logotip firma uslubini ifodalaydi, korxonaning ijobiy imijini yaratadi va uning ishonchliligini ta’kidlaydi. Ba’zi mutaxassisliklar uchun kurtka va shimlarda ko‘plab bo‘linmalar, cho‘ntaklar bo‘lishi zarur. Bu ishchi kostyumini funksional qiladi. Boshqa kasblar uchun esa, aksincha, qo‘shimcha elementlarning minimal miqdori zarur; \n\t
- narxning hamyonbopligi. \n
\n\tBo‘yoqchilar (malyar) uchun kostyumlar namlikka chidamli materialdan tikiladi. Payvandlovchilar xavfsizligi issiqqa chidamli kiyim bilan ta’minlanadi. Payvandlash ishlarini bajaruvchi mutaxassislar brezent yoki spilkli kostyum kiygan bo‘lishlari kerak. Bunday kiyim mutaxassisni teriga issiq chachramalar tushishidan himoya qiladi. \n
\n\n\tFasad ishchilarining himoyasini kurtkalardagi yoki signal jiletlaridagi nur qaytaruvchi qo‘shimchalar ta’minlaydi. Ushbu kiyim insonning ko‘rinishiga, sutkaning qorong‘i vaqtida uning belgilanishiga yordam beradi. \n
\n\n\tIssiqlikka chidamli kostyum elektrikni yuqori kuchlanish bilan ishlashda himoya qiladi. Shuningdek, bunda maxsus poyabzal yoki rezina etiklar, dielektrik qo‘lqoplar zarur. Bo‘yoqchilar uchun SIZ respiratorlar, payvandlovchilar uchun esa ko‘zlarni himoya qiluvchi qalqonchalar yoki maskalar hisoblanadi. \n
\n\n\tXavfli qurilish ishlab chiqarishida maxsus kiyim ishchilarni shikastlanishlardan, jarohatlardan va turli xavflardan asraydi. U zarur xavfsizlik talablariga javob berishi kerak. \n
\nQuruvchilar uchun maxsus kiyim qurilish ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan professional anjomdir. U ishchilarni turli jarohatlardan va xavfli komponentlardan himoya qilishni ta’minlaydi. Bunday buyumlar harakatni cheklamaydi, shuningdek, ish joyida samaradorlikni ta’minlaydi.
\nOmmabop turlari
\nMaxsus kiyim turli xil bo‘lishi mumkin. U mavsumiylikka qarab tasniflanadi. Ushbu mezonga ko‘ra u qishki va yozgi bo‘ladi. Oxirgisi universal variantlarga kiradi. Bunday maxsus kiyim nafaqat ko‘cha sharoitida, balki yaxshi isitiladigan issiq xonalarda ham qo‘llaniladi. Bunday kiyimlarda atrof-muhit harorati yuqori bo‘lganda issiqlab ketilmaydi. Ammo qish mavsumida issiq tutuvchi (utepleniye) variantlarni tanlash tavsiya etiladi. Sovuq vaqt uchun maxsus kiyim bir necha qatlamli materiallardan iborat bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi kesilish va tirnalishlardan yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi.
\nKiyim tanlashda uning vazifasiga e’tibor berish kerak. Uniforma turli mutaxassislikdagi ishchilar uchun tanlanadi:
\n-
\n
- bo‘yoqchilik mutaxassisligidagi ishchilar uchun bunday mahsulotlar tanaga bo‘yoq komponentlari kirishidan himoya qiladi. Ko‘pincha to‘plamga qo‘lqoplar va bosh kiyimi kiradi. Ular bo‘z kabi matolardan tayyorlanadi. Bunday matolar germetiklikni ta’minlaydi va ifloslanishlarni yaxshi qaytaradi; \n
- payvandlovchi uchun maxsus kiyim o‘tga chidamli xususiyatlarga ega materiallardan tayyorlanadi. Mahsulotlar sukno, brezentdan qo‘shimchalarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday buyumlar olovdan yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi, bu esa qizigan metallardan kuyish olish xavfini kamaytiradi; \n
- elektriklar uchun uniforma ko‘pincha dielektrik qo‘lqoplar, rezina etiklar va paxta materialidan tayyorlangan kostyumni o‘z ichiga oladi; \n
- yordamchi ishchilarning maxsus kiyimi bosh kiyimi, qo‘lqop, poyabzal va kostyumdan iborat. \n
Suvdan himoyalanish uchun suv o‘tkazmaydigan xususiyatga ega plashlar qo‘llaniladi. Ulardan yomg‘ir yog‘ayotganda qurilish ishlari jarayonida foydalaniladi. Kislotadan himoya qiluvchi shimdirmalarga ega buyumlar qurilish ishlarini olib borishda duch kelinadigan kimyoviy komponentlar va zararli moddalar bilan ishlash uchun mos keladi.
\nQuruvchilar uchun maxsus kiyim turli vaziyatlarda zarur. Masalan, ishlab chiqarishda xavfli va zararli omillar mavjud bo‘lganda. Bu ish joyida xavfli omillarning mavjudligi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ochiq kuch qurilmalari (silovыe ustanovki) mavjud bo‘lganda maxsus uniforma talab qilinadi. Har bir korxona uchun maxsus kiyimlarning muayyan ro‘yxati tuziladi.
\nTanlashning nozik jihatlari
\nBozorda o‘lchamlari, tayyorlanish materiallari, jamlanmasi bilan farq qiladigan maxsus kiyimlarning juda katta tanlovi taqdim etilgan. To‘g‘ri tanlov qilish uchun oddiy tavsiyalarga amal qilish kerak:
\n-
\n
- maxsus kiyimning o‘lchamlariga e’tibor bering, uni kiyib ko‘ring. Bunday to‘plamda ishlash qulay ekanligini tekshirish muhim; \n
- uniforma davlat standartlari hisobga olingan holda bajarilganligiga ishonch hosil qilish muhim. U himoya uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Maxsus kiyimga tasdiqlovchi sertifikatlar va hujjatlar ilova qilinishi kerak; \n
- kiyimning jamlanmasiga (komplektatsiya) e’tibor bering. Asboblarni saqlash uchun cho‘ntaklar bo‘lishi mumkin; \n
- maxsus kiyim chiroyli dizaynga ega bo‘lishi kerak. \n
Tanlashda ushbu omillarning barchasiga e’tibor berish muhim. Bunday kiyimlarni ishlab chiqarishda standart normalariga rioya qilish muhim. Qurilish mutaxassisligidagi ishchilarda maxsus kiyim mavjudligi uchun ish beruvchi javobgardir. Shuningdek, u qurilish ishlarini olib borishda maxsus kiyim turlarini berish va hisobini yuritishga majburdir. Bundan tashqari, ish beruvchi kiyimni saqlash va uning iste’mol xususiyatlarini saqlab turish uchun javob beradi.
- Izohlar
