Maxsus kiyim uchun shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqarishdagi zamonaviy texnologiyalar
Zamonaviy bozor intensiv ishlab chiqarish jarayonlari bilan birga shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) ham alohida talablar qo'yadi. ShHV ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarga rioya qilishda xodi...
\n\t Intensiv ishlab chiqarish jarayonlariga ega zamonaviy bozor shaxsiy himoya vositalariga alohida talablar qo‘yishni nazarda tutadi. Bu vositalar xodimlarni ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarga rioya qilish paytida zararli omillar ta’siridan himoya qilishning ajralmas qismi va ishonchli usuli hisoblanadi. Kompaniyamiz forma ishlab chiqarish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirib bormoqda va turli sanoat korxonalari hamda xalq xo‘jaligining boshqa sohalari xodimlarini nafaqat normativ hujjatlar, xavfsizlik standartlari, texnik shartlar va kompaniya talablariga javob beradigan, balki sifatga zarar yetkazmagan holda xodimlar uchun haddan tashqari qulay bo‘lgan yuqori texnologiyali va innovatsion shaxsiy himoya vositalari bilan maksimal darajada ta’minlashga intiladi. \n
\nMaxsus kiyim
\n\n\t Deyarli har qanday ishlab chiqarishda eng talabgir himoya vositalaridan biri maxsus kiyim bo‘lib qolmoqda. Aynan forma xodimlarni umumiy ishlab chiqarish jarayonlarining xavfli ta’siridan ishonchli himoya qilishni ta’minlashi va hayot hamda sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mexanik ta’sirlardan asrashi lozim. Kompaniyamiz shaxsiy himoya vositalarining keng turlarini taqdim etadi, ularning ayrimlari xodimlarni kimyoviy birikmalar va moddalar ta’siridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boshqalari atrof-muhitning yuqori yoki past haroratlari ta’siridan himoya qiladi yoki kiyimda statik zaryadlar to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilayotgan himoya vositalari toifalarga bo‘linadi, bunda ba’zi ShHVlar teri qoplamini, boshqalari esa nafas olish a’zolarini himoya qiladi. Aynan to‘g‘ri tanlangan ShHV majmuasi ishlab chiqarishdagi salbiy omillar ta’siri xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va muayyan ishlab chiqarish uchastkalarida jarohat olish ehtimolini pasaytiradi. \n
\n\n\t Kompaniyamiz tomonidan qo‘llanilayotgan innovatsiyalar nafaqat zamonaviy materiallardan foydalanishda, balki dastlabki bosqichdan — maxsus kiyim ishlab chiqarishda eng yangi konstruktiv yechimlarni ishlab chiqishdan boshlab butun ishlab chiqarish jarayoni majmuasida namoyon bo‘ladi. Kompaniyamizning ayniqsa ommabop texnologiyasi noyob himoya xususiyatlariga ega bo‘lgan, texnik ko‘rsatkichlari yaxshilangan materiallardan foydalanish bo‘ldi. Bularga maxsus kiyimlarni tikishda qo‘llaniladigan membrana texnologiyalari kiradi. Bunday materiallar o‘z xususiyatlari tufayli almashtirib bo‘lmas bo‘lib qoldi. Ular noqulay ob-havo sharoitlari va yog‘ingarchilikning barcha turlaridan himoya qilishning noyob xususiyatlariga ega. Bu yengil, amaliy va qulay forma ishlab chiqarish imkonini beradi. Membranali politetraftoretilendan foydalanish nafaqat bug‘ni tashqariga to‘sqinliksiz chiqarish va inson tanasining erkin nafas olishiga imkon beradi. Bu organizm tomonidan ajraladigan issiqlik to‘planishidan saqlanish bilan birga, butun kafolatlangan ekspluatatsiya muddati davomida suvning yuqori bosimiga, shamolga va katta mexanik yuklamalarga bardosh berish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir texnologik uchastkada ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish orqali ta’minlanadigan ko‘p bosqichli sifat nazorati yaroqsiz mahsulotlar mavjudligini istisno qilish va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi. \n
\nQo‘lqoplar
\n\n\t Shuningdek, kompaniyamiz mutaxassislar qo‘llarini kompleks himoya qiluvchi ishchi qo‘lqoplar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratadi. Ular bir vaqtning o‘zida qo‘llarni kesilish, teshilish va boshqa turdagi mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Mahsulotlarimiz manfiy haroratlar va boshqa noqulay omillar ta’sirida terini himoya qiladi. Mahsulotlarimizning yana bir ajralib turadigan xususiyati maxsus manjeta bo‘lib, u kutilmagan vaziyat yuzaga kelganda qo‘lni qo‘lqopdan oson va tez bo‘shatish imkonini beradi. Bu ishlarni xavfsiz bajarishga bevosita ta’sir qiladi. \n
\nMaxsus poyabzal
\n\n\t Statistika ma’lumotlariga tayansak, qish mavsumida jarohatlar soni to‘rt baravarga ortadi. Bu xodimlarning muzlagan yuzalarda yiqilishi bilan bog‘liq. Ushbu xavflarni minimallashtirish uchun kompaniyamiz tomonidan yuza bilan tishishish koeffitsiyentini sezilarli darajada oshiradigan poyabzallar ishlab chiqarilmoqda. Bunga tagcharmning yurish qismi yuzasiga fazoviy yo‘naltirilgan zarrachalardan iborat maxsus qo‘shimchalarni joriy etish orqali erishiladi, bu sirpanchiq yuza bilan tishishishni deyarli ikki baravarga oshiradi. Bundan tashqari, biz maxsus poyabzalshaklining ergonomikasiga, shuningdek, tagcharm tayyorlangan materiallarga katta e’tibor beramiz. Bu degani, poyabzalimiz oyoq kafti va umurtqa pog‘onasiga tushadigan yuklamani kamaytirishni kafolatlaydi. Innovatsion texnologiya oyoq kaftlari, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlarning kasbiy kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. \n
\nHimoya ko‘zoynaklari
\n
\n
\n\t Bundan tashqari, ishlab chiqarishdagi aksariyat texnologik jarayonlar ko‘z jarohati xavfi bilan bog‘liq. Ushbu omilni istisno qilish uchun kompaniyamiz ko‘zlarni kimyoviy moddalar, abraziv zarrachalar yoki metall qipiqlari tushishidan himoya qiluvchi turli xildagi himoya ko‘zoynaklarini yetkazib berishni taklif etadi. Kompaniyamiz linzalarga alohida e’tibor qaratadi. Biz mexanik ta’sirga yuqori chidamlilikka ega bo‘lgan maxsus polikarbonatdan tayyorlangan ko‘zoynaklarni yoki kimyoviy ta’sirga chidamli shisha linzali ko‘zoynaklarni taklif etamiz. Ko‘zoynaklarning himoya xususiyatlarini oshirish uchun yuzasiga maxsus qoplamalar yuritiladi, masalan: \n
\n-
\n\t
- tirnalishga chidamlilikni oshiruvchi plyonkalar; \n\t
- aks etish (otrajeniye) effektini kamaytiruvchi plyonkalar; \n\t
- kir va suv qaytaruvchi effektga ega plyonkalar; \n\t
- yoritilganlik sharoitiga moslashuvchi fotoxrom plyonkalar. \n
\n\t Ko‘zlar uchun shaxsiy himoya vositalarini tanlash oddiy bo‘lmagan, mas’uliyatli vazifadir. Tanlashda texnologik jarayonning barcha ehtimoliy xavflarini va faoliyat turiga qarab hisobga olish muhimdir. \n
- Izohlar

