Poyabzalni uzoq muddatga saqlashning besh usuli
Maxsus poyabzal intensiv foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ish botinkalari yoki etiklari suv, loy, kimyoviy moddalar, reagentlar, texnik suyuqliklar va boshqa zararli omillar ta’siriga bardosh berishi kerak. Shu bilan birga, bunday poyabzal har kuni salbiy ta’sirlarga duchor bo‘ladi. Savol tug‘iladi: maxsus poyabzal uzoq xizmat qilishi uchun uni qanday parvarish qilish kerak?
\nTo‘g‘ri saqlash
\nAgar ish poyabzali qishga olib qo‘yilsa yoki aksincha, uning shaklini saqlab qolish haqida qayg‘urish lozim:
\n-
\n
- Botinkalarni zavod qutisida saqlamang. \n
- Poyabzal ichiga zichlab qog‘oz tiqing. Buning uchun har qanday keraksiz qog‘oz yoki penoplast, plastik, silikondan tayyorlangan maxsus shakllar/rasporkalar mos keladi. \n
- Saqlash uchun shkafni tanlang. Joy quruq va normal xona haroratida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, quyosh nurlari shkaf ichiga tushmasligi lozim. \n
Biroq, har doim ham saqlash uchun alohida joy ajratishning iloji bo‘lmaydi. Bunday holda qutilarga qaytsa bo‘ladi, lekin oldindan maxsus poyabzal ichiga qog‘oz tiqing yoki rasporkalar qo‘ying.
\nUshbu saqlash qoidasi har qanday turdagi poyabzalga, jumladan, ishdan tashqarida har kuni kiyadigan poyabzalingizga ham tegishli.
\nTo‘g‘ri kiyish
\nPoyabzalni yalang oyoqqa kiyish mumkin emas. Birinchidan, terlagan oyoq panjalari botinka devorlariga ishqalanadi, bu esa qavariqlar va shilinishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchidan, ter mahsulotni ichkaridan ifloslantiradi, bu esa uning xizmat muddatini qisqartiradi.
\nHatto yozgi maxsus poyabzal ham paypoq bilan kiyilishi kerak. Istisno — sandaliyalar, shippaklar, sabo kabi ochiq turdagi poyabzallardir.
\nQarov vositalari
\nBugungi kunda ishlab chiqaruvchilar ko‘plab parvarish vositalarini taklif qilmoqdalar: mumlar (vosk), polirollar, spreylar, ko‘piklar. Tanlov faqat poyabzal turiga bog‘liq. Teri mahsulotlari uchun mum va polirol ishlatiladi. Qo‘shimcha ravishda teriga moy asosidagi konditsioner bilan ishlov beriladi. Zamsh va nubuk uchun iflosliklarni shimib oladigan va rangni yangilaydigan maxsus ko‘piklar qo‘llaniladi.
\nAgar mahsulotni suvdan himoya qilish kerak bo‘lsa, spreylardan foydalaniladi. Bunday vositalar har qanday material uchun mos keladi. Sprey mahsulot yuzasida himoya qobig‘ini hosil qiladi, u suvni qaytaradi va ivib ketishga to‘sqinlik qiladi.
\nHo‘l poyabzalni saqlash
\nIvigan va yuvilgan maxsus poyabzalni nam holatda qoldirish mumkin emas. Uni quritish zarur. Buning uchun issiq va yaxshi shamollatiladigan joylar tanlanadi.
\nNamlik mahsulotni deformatsiya qilishini yodda tuting. Poyabzal uzoq vaqt davomida nam holatda saqlansa, mog‘or yoki oyoq panjasi gribogini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar paydo bo‘ladi.
\nTo‘g‘ri quritish
\nHo‘l poyabzalni isitish batareyasining ustiga yoki tagiga qo‘ymang. Botinkalar xona haroratida, quruq va shamollatiladigan binoda quritiladi. Bunda patak (stelka)lar alohida quritilishi kerak.
\nUshbu beshta oddiy qoida maxsus poyabzalning xizmat muddatini uzaytirishga va uning tashqi ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradi.
- Izohlar

