Ish chog'ida qaysi himoya ko'zoynaklarini qo'llagan ma'qul?
Xodimlarning xavfsizligini ta'minlash ish beruvchining zimmasida. Ishlab chiqarishda foydalanish majburiy bo'lgan keng tarqalgan himoya vositalariga ko'zoynaklar kiradi. Agar ishni bajarish jarayonida...
Xodimlar xavfsizligini ta’minlash ish beruvchining zimmasidadir. Ishlab chiqarishda foydalanilishi majburiy bo‘lgan keng tarqalgan himoya vositalariga ko‘zoynaklar kiradi. Agar ish bajarish vaqtida ko‘zlar uchun xavf mavjud bo‘lsa, ular zarurdir.
\nSo‘zsiz, payvandlash va tokarilik ishlarini maxsus ko‘zoynaklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo boshqa xodimlar uchun ham ular kerak. Masalan, omborxona xodimining ko‘ziga tasodifan biron bir buyum tushib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun u germetik ko‘zoynak taqib yurishi lozim.
\nHimoya ko‘zoynaklarining turlari
\nKo‘zoynaklarni ularda qanday ish turi bajarilishiga qarab tanlash kerak. Ko‘zlarga zararli ta’sir quyidagicha bo‘lishi mumkin:
\n-
\n
- Biologik. \n
- Kimyoviy. \n
- Jismoniy (mexanik). \n
Biologik xavflarga laboratoriyalarda, shifoxonalarda tarqalgan viruslar va bakteriyalar kiradi. Kimyoviy xavflar turli toksik materiallar va ular chiqaradigan moddalar (bug‘lar, gazlar, suyuqlik purkalishi) hisoblanadi. Zararli fizik omillarga radioaktiv moddalar ta’siri, chang, haddan tashqari past yoki yuqori haroratlar kiradi.
\nHimoya darajasiga ko‘ra quyidagilar farqlanadi:
\n-
\n
- Ochiq ko‘zoynaklar. \n
- Berk (yopiq) ko‘zoynaklar . \n
Har bir tashkilotda texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis bo‘lib, odatda aynan u ushbu nozik jihatlarni tushunadi va xodimlar uchun ular bajaradigan ish xususiyatiga mos ko‘zoynaklarni tanlaydi. Mabodo maslahat kerak bo‘lsa, siz ham mutaxassislarimizga savollar berishingiz mumkin.
\nHozirgi vaqtda himoya ko‘zoynaklarining turlari ko‘p, ishlab chiqaruvchilar turli xil variantlarni taklif qilmoqdalar. Hatto eng yaxshi va zamonaviy model ham, agar maqsadga muvofiq ishlatilmasa, himoya funksiyasini bajarmaydi.
\nBizning assortimentimizda siz kompyuter va boshqa avtomatik qurilmalarda ishlash vaqtida ko‘zlarni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan eng oddiy himoya ko‘zoynaklari modellarini ham, bilvosita ventilyatsiyali bekr himoya ko‘zoynaklarini ham topishingiz mumkin. Ular havo oqimini kerakli tomonga yo‘naltirish imkonini beruvchi klapanlar bilan jihozlangan. Buning sharofati bilan ko‘zoynak ostida ko‘pincha ish bajarishga xalaqit beradigan kondensat paydo bo‘lmaydi.
\nBizda siz og‘ir metallar, radioaktiv zarrachalar, viruslar bilan ishlash uchun ko‘zoynaklarni topasiz. Ko‘zoynaklarning ishonchli himoyasi tufayli ular organizmingizga kirib bormasligiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin.
- Izohlar

