Yozgi ish poyabzali qanday tanlanadi
O'zbekistonda ko'plab ishlab chiqarish tarmoqlarida eng issiq davr – bu yoz. Hech bir korxona maxsus kiyim va poyabzalsiz ishlay olmaydi. Aynan yozda maxsus poyabzalni tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu...
\n\t O‘zbekistonda ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlari uchun eng qizg‘in palla yoz faslidir. Biron bir korxona maxsus kiyim va poyabzalsiz faoliyat yurita olmaydi. Aynan yozda maxsus poyabzal tanlovi juda muhim hisoblanadi. Bunga xodimlarning xavfsizligi, sog‘lig‘i, kayfiyati va demakki, ish unumdorligi bog‘liq. \n
\nYozgi ish poyabzali – nimalarni bilish muhim
\n\n\t Yozgi ishlar uchun poyabzal tanlashga ta’sir qiluvchi asosiy omil – bu, albatta, harorat rejimidir. Shu sababli, erkaklar yozgi ish poyabzali, xuddi xotin-qizlarniki kabi, yengil va mustahkam bo‘lishi lozim. \n
\n\n\t Yozgi maxsus poyabzal noqulay ob-havo sharoitlaridan, namlikdan, elektr toki urishidan va issiqlik ta’siridan himoya qilishi kerak bo‘lgan davlat standartlari mavjud. \n
\n\n Yozgi maxsus poyabzal turli xil himoya materiallaridan tayyorlanadi. Ammo asosiy talab mahsulotning tagcharmiga qo‘yiladi. Uning materiali yuqori haroratga chidamli bo‘lishi va sirpanib ketishga to‘sqinlik qilishi lozim. \n
\nYozgi ish poyabzalini tanlashning asosiy mezonlari
\n\n\t Yozgi botinkalar issiq xonalarda yoki ko‘chada jaziramada ishlaydigan odamlar uchun mo‘ljallangan. Ishlash osonroq bo‘lishi uchun quyidagi omillarni hisobga oling: \n
\n-
\n\t
- Material. Yozgi poyabzal namlikni chiqarib yuboradigan yengil va havo o‘tkazadigan materiallardan tayyorlanishi lozim. Bu maqsad va ish turiga qarab tabiiy teri yoki zamsh, polivinilxlorid bo‘lishi mumkin. Tabiiy teri harorat ko‘tarilganda teshikchalarini kengaytirish xususiyatiga ega, shu yo‘l bilan tabiiy ventilyatsiya hosil bo‘ladi. Poyabzalning ustki qismi uchun oyoq kaftlari yanada yaxshiroq «nafas olishiga» imkon beradigan to‘rsimon materialga afzallik bergan ma’qul. Shuningdek, astar (podkladka) nimadan tayyorlangani ham ahamiyatga ega. Agar material to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, bu oyoq terisi shilinishi va qizib ketishining oldini oladi. \n\t
- Himoya. Xavfsizlik – har qanday ish poyabzalining eng asosiy xususiyatidir. Ish turiga qarab, yozgi botinkalarning ustki qismi tashqi mexanik ta’sirlardan, elektr tokidan, kimyoviy shikastlanishlardan himoya qilishi va +40 °C dan yuqori haroratga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Tagcharmi sirpanchiq bo‘lmasligi va suv o‘tkazmasligi lozim. Og‘ir ishlab chiqarish uchun botinkaning tumshuq qismi zarba va teshilishlardan qo‘shimcha ravishda mustahkamlanadi. \n\t
- Tagcharm sintetik materiallardan tayyorlanadi: bir qavatli yoki ikki qavatli poliuretan, polivinilxlorid, termoelastoplast yoki ularning kombinatsiyasidan. Bir qavatli poliuretan yengil, lekin namlik o‘tkazadi. Ikki qavatlisi – og‘irroq va yaxshiroq ishchi xususiyatlarga ega. Termoelastoplast yuqori haroratga bardosh beradi. Og‘ir ishlab chiqarish uchun poyabzal tagcharmi odatda quyma usulda qilinadi yoki yelimlanib, qo‘shimcha ravishda tikiladi. Tibbiyot muassasalari uchun maxsus poyabzal ancha yengilroq, uning tagcharmi bir qavatli bo‘lishi va yelimli biriktirish kifoya qilishi mumkin. \n\t
- Tashqi ko‘rinish ham, ayniqsa xotin-qizlar uchun, ahamiyatga ega. Xotin-qizlar yozgi maxsus poyabzali o‘zining bevosita vazifasidan tashqari, estetik ko‘rinishga ham ega. Unutmaslik kerakki – ishlab chiqarish korxonalarida ishlash uchun mos keladigan ko‘rinish qo‘riqlash xizmati uchun to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Tashqi ko‘rinish ishning o‘ziga xosligiga mos kelishi lozim. \n\t
- Anatomik xususiyatlar va o‘lcham. Yozda havo harorati nafaqat ko‘chada, balki bino ichida ham yuqori bo‘ladi. Shunga ko‘ra, oyoqlar kengayadi va shishadi. Shuning uchun oyoq panjasining anatomiyasini va poyabzal o‘lchamini hisobga olish mumkin. Yozgi ish uchun poyabzalni bir o‘lcham kattaroq, zaxirasi bilan sotib olgan ma’qul. \n\t
- Ishlab chiqaruvchi. Poyabzal qayerda va kim tomonidan tayyorlangani ham muhimdir. Inson umrining katta qismini oyoqda o‘tkazadi, shuning uchun poyabzal katta ahamiyatga ega. Sertifikatlar mavjudligini va ishlab chiqaruvchi reytingi haqidagi sharhlarni tekshiring. \n
Yozgi maxsus poyabzal turlari
\n\n\t Yozgi maxsus poyabzal turli faoliyat sohalari uchun mo‘ljallangan. Modellar amaliylik va moslik nuqtai nazaridan tanlanadi. Yozgi maxsus poyabzalning turli xil turlari mavjud: \n
\n-
\n\t
- Sandaliyalar, tovoni ochiq shippaklar chang va boshqa ifloslanishlar bo‘lmagan yopiq binolarda ishlash uchun mos keladi. \n\t
- Krossovkalar, tuflilar sport bilan shug‘ullanish va ishlab chiqarish korxonalarida ishlash uchun kiyiladi. \n\t
- Botinkalar va yarim botinkalar tumshuq qismining tegishli zichlanishi tufayli tepadan, shuningdek, tagcharm tomondan mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Vazni materiallarga bog‘liq. \n\t
- Odatdagi va uzaytirilgan qo‘njli maxsus yozgi etiklar . PVXdan ishlab chiqariladi va nam sharoitda hamda ko‘chada ishlash vaqtida himoya qiladi: yuvish, qurilish, ta’mirlash. Shuningdek, bu material zararli moddalar va mikroorganizmlarni o‘tkazmaydi. \n\t
- Kimyo sanoati ishlab chiqarishlari uchun poyabzal – quyma bo‘ladi. Bu alohida mustahkam va yeyilishga chidamli maxsus poyabzal. Botinka va etik ko‘rinishida chiqariladi. \n\t
- Shuningdek, tagcharmning ustki qismga biriktirilish usuli bilan ajralib turadigan – bortchokli va mixlangan maxsus poyabzallar ham mavjud. Mix bilan mahkamlangan botinkalar ayniqsa og‘ir va mustahkam bo‘ladi. Neft sanoatida qo‘llaniladigan. \n
\n
Ish poyabzaliga qarov
\n\n\t Tanlashni ko‘rib chiqdik, endi qarov qanday bo‘lishi lozimligini aytib o‘tamiz. Har kuni odamlar ishga boradilar. Ularning ko‘pchiligi ish kuni boshida maxsus poyabzalni kiyadilar, ish tugagach esa shkafga qo‘yib, keyingi kungacha unutadilar. \n
\n\n\t Kun bo‘yi botinka, etik va shippaklarga chang, loy va ishlab chiqarish chiqindilari o‘tiradi. Ularning barchasi vaqt o‘tishi bilan poyabzalning xizmat muddatini qisqartirishga qodir. Hatto eng qimmat va chidamli botinkalar ham zararli ta’sirga bardosh berolmasligi mumkin. \n
\n\n\t Shuning uchun, har hafta oxirida tozalash ishlarini olib boring. Eng kamida, bu latta yordamida oddiy namlab tozalashdir. Teridan tikilgan poyabzalni yaxshi maxsus moylash vositasi bilan cho‘tka yordamida ishlash lozim. Kimyoviy va organik erituvchilarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Ish poyabzalini normal haroratda, shamollatib turiladigan shkafda saqlash lozim. \n
\n\n\t Ish poyabzalini tanlash va sotib olishda barcha omillarni diqqat bilan o‘rganish lozim. Poyabzal turi ko‘p jihatdan faoliyat sohasiga va qo‘llanish maydoniga bog‘liq. Qulaylik va shinamlik – bu kundalik mehnat sharoitlaridir. Ish unumdorligi shunga bog‘liq. Poyabzalning xavfsizligi esa – sog‘liq haqida qayg‘urish demakdir. Shuning uchun ish poyabzalidan tejash kerak emas va uni to‘g‘ri tanlash muhimdir. Buni siz PROUNIFORMA saytida, O‘zbekistonda amalga oshirishingiz mumkin. \n
- Izohlar

