Eng yaxshi yaxlit yuzniqob qanday tanlanadi: o'lchami, sharhlar va top-tanlov
\n\t Himoya niqoblari turli sanoat tarmoqlarida dolzarbdir. Bunday qurilmalar nafas yo‘llarini, shuningdek, ko‘z sohasini turli toksik va xavfli komponentlardan himoya qilishni ta’minlaydi. Butun yuzn...
\n\t Himoya niqoblari turli sanoat tarmoqlarida dolzarbdir. Bunday qurilmalar nafas yo‘llarini, shuningdek, ko‘z sohasini turli toksik va xavfli komponentlardan himoya qilishni ta’minlaydi. Butun yuzni yopib turadigan yaxlit yuzniqoblar(polnolitseviye maski) ommabop hisoblanadi. Zarrachalarni filtrlash xususiyatlarini hisobga olgan holda variantlarni tanlash mumkin. Tanlashda yaxlit yuzniqobning o‘lchamini hisobga olish muhimdir. \n
\nHimoya niqobini tanlashning nozik jihatlari
\n
\n
\n\t Mos keladigan yaxlit yuzniqobni tanlashda quyidagi mezonlarga e’tibor berish kerak: \n
\n-
\n\t
- ifloslantiruvchi moddalar turlari. Himoya niqoblari gaz, tutun, bug‘ va changlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Ifloslantiruvchi moddalarga qarab, izolyatsiya qiluvchi yoki filtrlovchi xususiyatlarga ega niqoblarni tanlash mumkin; \n\t
- kislorod darajasi 17 % dan yuqori bo‘lganda filtrlovchi xususiyatga ega niqobni tanlash lozim. Agar bo‘shliq yopiq bo‘lsa, izolyatsiya qiluvchi xususiyatga ega variantni tanlagan ma’qul; \n\t
- yarim niqob yoki to‘liq niqob. Birinchi variant nafas yo‘llarini himoya qilishni ta’minlaydi. Yaxlit yuzniqob qurilmasi, shuningdek, ideal germetiklikni va ko‘zlar uchun himoyani ta’minlaydi; \n\t
- qo‘llanish vaqti. Bir martalik mahsulotlar sakkiz soat davomida foydalanish uchun yaroqlidir. Ko‘p martalik niqoblarda filtrli kartridjni muntazam ravishda almashtirish talab etiladi; \n\t
- klapanning mavjudligi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun ba’zi niqoblar chiqariladigan havo uchun maxsus klapan bilan jihozlangan. \n
\n\t Yaxlit yuzniqoblar nafas olish tizimi a’zolarini himoya qilish uchun qo‘llaniladigan an’anaviy respiratorlar asosida yaratilgan. \n
\nXususiyatlari
\n\n\t Zamonaviy himoya niqoblari qator foydali xususiyatlarga ega: \n
\n-
\n\t
- yonishga, harorat o‘zgarishiga va issiqlik nurlanishiga chidamlilik; \n\t
- eyilishga bardoshlilik; \n\t
- yuzga jipslashib turish; \n\t
- yuz qismida yaxlit shisha yoki ventilyatsiya xususiyatiga ega plyonka mavjudligi; \n\t
- doimiy havo oqimiga qarshilik ko‘rsatishning yuqori koeffitsiyenti; \n\t
- yuqori mustahkamlik darajasi. \n
\n\t Bunday qurilmalarni ishlab chiqarish uchun yuqori mustahkamlikka ega va zararli komponentlar ta’siriga bardosh beradigan materiallar qo‘llaniladi. Yaxlit yuzniqob xavfli zarrachalarning organizmga kirishidan himoya qiluvchi filtr bilan to‘ldiriladi. Bunday qurilmalar zarur GOSTlarga muvofiq ishlab chiqariladi. \n
\nQo‘llashning o‘ziga xos jihatlari
\n\n\t Yaxlit yuzniqoblar sog‘liqni himoya qilish uchun turli sohalarda qo‘llaniladi. Bu vositalar quyidagi hollarda ishlatiladi: \n
\n-
\n\t
- yog‘ochsozlik sohasida, yuzni yog‘och zarrachalari tushishidan himoya qilish uchun; \n\t
- qurilish sohasida; \n\t
- zararli gazlar bilan ishlash jarayonida; \n\t
- ta’mirlash jarayonida turli erituvchilar va bo‘yoqlar bilan ishlashda. \n
\n\t Yaxlit yuz qurilmalaridan yong‘inlarni o‘chirish va avariyalarni bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi qutqaruv xizmatlari xodimlari foydalanadi. \n
\nTurlari
\n\n\t Hozirgi vaqtda shaxsiy himoya vositalarining quyidagi turlari qo‘llaniladi: \n
\n-
\n\t
- niqob-protivogazlar — markaziy qismi yuqori mustahkamlikdagi shishadan tayyorlangan, pastki qismida esa protivogaz joylashgan moslamalardir. Bunday mahsulot terini, nafas a’zolarini va ko‘zlarni turli kimyoviy moddalardan himoya qilishni ta’minlaydi. Qurilmalardan avariya xizmatlari mutaxassislari foydalanadi; \n\t
- sanoat niqoblari — mahkamlagichlar, yuz qismi va filtrlardan iborat yaxlit moslamalardir. Panoramali ko‘rinishga ega niqob ko‘rinuvchanlikning yaxshi darajasini ta’minlaydi, shuningdek, tajovuzkor komponentlardan himoya qiladi. Mahsulot inson sog‘lig‘i uchun xavf darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarda qo‘llaniladi. \n
\n\t Yaxlit yuzniqoblar ko‘p martalik shaxsiy himoya vositalari hisoblanadi. \n
\nModellarni tanlash
\n\n\t Universal himoya vositalariga maxsus ChemShield linza himoya qoplamasiga ega bo‘lgan JETA SAFETY 6950niqobi kiradi. Bunday qoplama turli xil ifloslanishlarni — erituvchilar, bo‘yoqlar, kislotalar, neft mahsulotlarini a’lo darajada qaytaradi. Niqob to‘plamiga neylondan tayyorlangan saqlash uchun maxsus xaltacha, linzalarni artish uchun mikrofibrali salfetkalar va yelim qatlamli plyonka kiradi. \n
\n\n\t Niqob ikki xil o‘lchamda taqdim etilgan. Maxsus qoplamaning mavjudligi tozalash jarayonini osonlashtiradi. Qurilma yengil vazni va qulay o‘rami bilan ajralib turadi. \n
\n\n\t JETA SAFETY 5950 niqobi ikkitalik filtrga ega himoya vositasi hisoblanadi. Konstruksiya aerozollar, gazlar va changlardan yaxshi himoyalanishni ta’minlaydi. Bunday niqob turli xil filtrlar — protivogazli, aerozolga qarshi va kombinatsiyalangan filtrlar bilan jihozlanishi mumkin. Filtrning jipslashib birikishini ta’minlovchi bayonetli mahkamlagich ko‘zda tutilgan. Mahsulot ba’zi xususiyatlarga ega. Maxsus qurilma tufayli sifatli himoya uchun yuzga jipslashib turish ta’minlanadi. Sozlanuvchi yoy kamarlari mavjud. Yuz qismi ta’sirchanlik (razdrajeniye) keltirib chiqarmaydigan silikondan tayyorlangan. Linza mustahkam polikarbonatdan tayyorlangan bo‘lib, u xiralashishga va tirnalishlarga chidamlidir. Niqob uch xil o‘lchamda taqdim etilgan. \n
\n\n\t 3M 6900 niqobi bayonetli birikmalari bilan ajralib turadi, bu bug‘ va gazlardan himoya qilish uchun turli xil ikkitalik filtrlovchi elementlarni qo‘llash imkonini beradi. Konstruksiya termoplastikdan tayyorlanadi. Ichki niqob (podmasochnik), shuningdek, qulay mahkamlash tizimi ko‘zda tutilgan. Yaxlit yuzniqob maxsus klapan va sozlanuvchi yoy bilan jihozlangan. Bunday mahkamlash tizimi jipslashib turishni ta’minlaydi va bosh hamda bo‘yinni siqib qo‘ymaydi. Moslama bug‘ va gazlardan, shuningdek, aerozollardan himoyani ta’minlaydi. Qattiq qismi gipoallergen xususiyatga ega termoplastikdan yaratilgan. Niqob qo‘llashdagi qulayligi bilan ajralib turadi va noqulaylik tug‘dirmaydi. \n
\n\n\t Saytda href="https://prouniforma.uz/catalog/sredstva-individualnoy-zashchity/zashchita-organov-dykhaniya/polnolitsevye-maski/polnolitsevaya_maska_uniks_mag_2/">UNIKS MAG-2 niqobini tanlash mumkin. Bunday konstruksiya panoramali shisha korpus, klapan qutisi, yoy, ichki niqob va rezina zichlagichdan iborat. Moslama nafas a’zolariga toza havoning uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlaydi. \n
\n\n\t Mos keladigan modelni tanlash uchun fizik-texnik parametrlarni va qurilmaning xususiyatlarini hisobga olish kerak. Filtrlarning mavjudligi va himoya sinfi muhim ahamiyatga ega. \n
- Izohlar

