Kimyoviy chidamli qo'lqoplar: ishonchli himoya
Laboratoriya tadqiqotlari, sanoat va boshqa sohalar doimiy ravishda kislota saqlovchi moddalar va ishqorlardan foydalanadi, ular inson hayoti va sog'lig'i uchun xavfli. Himoyalanmagan teri sohalariga ...
\n\t Laboratoriya tadqiqotlari, sanoat va boshqa sohalarda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan kislotali moddalar va ishqorlardan doimiy ravishda foydalaniladi. Terining himoyalanmagan qismlariga tushganda, bu moddalar kimyoviy kuyishni keltirib chiqaradi. \n
\n\n\t Xodimlar uchun ishonchli himoya – bu shaxsiy himoya vositalari bo‘lib, ularga maxsus qo‘lqoplar ham kiradi. Ular quyidagilardan kelib chiqib tanlanadi: \n
\n-
\n\t
- ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar turlari; \n\t
- kimyoviy modda bilan to‘qnashish darajasi; \n\t
- ta’sir qilish davomiyligi; \n\t
- foydalanishdagi tutish (xvat) xususiyati. \n
\n\t Bunday buyumlarni ishlab chiqarish uchun rezinaning turli tiplari: nitril, butil, neopren, viton, kauchuk ishlatiladi. Plastmassalar ham qo‘llanilishi mumkin. Yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun materiallar aralashtirilishi yoki laminatsiya qilinishi mumkin. \n
\n\n\t Kimyoviy muhitda buyumlarga maxsus parvarish talab etiladi. Qo‘lqoplarni kiyishdan oldin qo‘llarni yaxshilab yuvish va artish zarur. Agar uzoq vaqt foydalanish talab etilsa, buyumlarni tavsiya etilgan muddatdan ortiq taqib yurmaslik lozim. Qo‘lqoplarning o‘zini yeyilish va shikastlanish belgilari bor-yo‘qligi yuzasidan muntazam tekshirib turish lozim. Imkon qadar kiyim yengini qo‘lqop ustidan tortib qo‘yish lozim. Shu yo‘l bilan tana qismlarining kimyoviy moddalar bilan aloqa qilishining oldini olish mumkin. \n
\n\n\t Kislota va ishqorlar bilan ishlashda ushbu qoidalarga rioya qilish xodimlar qo‘llarining ishonchli himoyasini ta’minlashga yordam beradi. \n
\n
\n
\nLaboratoriya qo‘lqoplari – ishonchli himoya vositasi
\n\n\t Laboratoriya qo‘lqoplari kimyoviy moddalar bilan ishlashda qo‘llarni himoya qilishning asosiy vositasi hisoblanadi. Ularning boshqa shunga o‘xshash mahsulotlardan asosiy farqi – ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kimyoviy chidamli xom ashyodir. Faqat ishqor va kislotalar ta’siridan qo‘rqmaydigan materiallar ishlatiladi. Bunday materiallarga polivinilxlorid, lateks, neopren, nitril kiradi. Xavfli moddalar bilan ishlashda kuyish va boshqa oqibatlardan saqlanish uchun belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga ham amal qilish zarur. \n
\n\n\t Kimyoviy reaktivlardan himoyalanish uchun qo‘lqoplar ishlab chiqarishda bir-biri bilan kombinatsiyalanadigan turli polimerlar qo‘llaniladi. Eng keng tarqalgan variant – paxta trikotaji bo‘lib, unga qo‘lqoplarni polimer eritmasiga botirish orqali qoplama surtiladi. \n
\n\n\t Modellarni muayyan maqsadga muvofiq holda, ular yordamida bajariladigan ish turlariga qarab tanlash mumkin. Qo‘lqoplarni tanlashda ular tayyorlangan materialga va uning qalinligiga e’tibor berish lozim. Mahsulot vazni va uning himoya darajasi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Vazn qancha yuqori bo‘lsa, himoya darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. \n
\n\n\t Mos keladigan himoya vositalarini tanlash uchun laboratoriya xususiyati va ish sohasi hisobga olinadi. Masalan, tibbiy polimer qo‘lqoplarning qalinligi 2 mm, sanoat uchun esa bu ko‘rsatkich 5 mm ni tashkil etadi. Modellar standart uzunlikda yoki bilakning bir qismini yopadigan uzaytirilgan manjetli bo‘lishi mumkin. Buyumlarning uzunligi 30 dan 80 santimetrgacha o‘zgaradi. \n
\nXavfsizlik texnikasiga rioya qilish hamma uchun majburiy
\n\n\t Kislota bilan ishlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish zarur, bu orqali siz baxtsiz hodisalardan saqlanasiz. Quyidagi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash lozim: \n
\n-
\n\t
- maxsus kiyim; \n\t
- maskalar; \n\t
- ko‘zoynaklar; \n\t
- kislota va ishqorlarga chidamli qo‘lqoplar. \n
\n\t Himoya vositalari xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlaydi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlaydi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sonini kamaytiradi. \n
\n\n\t Ishqor va kislotalar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish istisnosiz hamma uchun majburiydir. Laboratoriya qo‘lqoplari boshqa xavflarni, masalan, bug‘lardan nafas olish, ko‘zga tushish va boshqalarni istisno etmaydi. Shuning uchun xavfsizlikka beparvo bo‘lish mumkin emas. \n
\n\n\t Kislotalar va tarkibida kislota mavjud moddalar xonadan bug‘larni samarali va tez chiqarib yuboradigan havoni so‘rg‘ich (vityajka) ostida quyilishi lozim. Xavfli moddalar saqlanadigan idishlarda nomi va konsentratsiyasi ko‘rsatilgan tegishli etiketkalar bo‘lishi lozim. Suyuqlikni quyayotganda, idishni shunday tutish kerakki, etiketka doimo tepada bo‘lsin, bu moddaning etiketkaga tushib, uni buzishini oldini oladi. \n
\n\n\t Agar kislota yuzaga to‘kilsa, uni kvars qumi yordamida tozalash mumkin. To‘kilgan joyga qum sepiladi. Ishlatilgan qum tashlab yuboriladi, to‘kilgan joy esa soda eritmasi va toza suv bilan yuviladi. Kanalizatsiyaga to‘kishdan oldin ishlatilgan reaktivlar albatta ishqor bilan neytrallashtiriladi. \n
\n\n\t Har bir kimyoviy ishlab chiqarishda favqulodda holatlar uchun maxsus protokollar amal qiladi. Shuningdek, tananing ochiq qismlariga kislota va ishqor tushganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish aniq belgilab qo‘yilgan. Kuygan joy 15 daqiqa davomida oqar suvda yaxshilab yuvilishi lozim. So‘ngra kuygan joyga 2% li soda eritmasi bilan shimdirilgan paxta tampon yoki doka bog‘lami qo‘yiladi. U 10 daqiqadan keyin olinadi, zararlangan teri yumshoq mato bilan quruq qilib artiladi. \n
\n
\n
\nMaxsus kiyim xodimlarga ishonchli himoyani ta’minlaydi
\n\n\t Qo‘lqoplar doim ham tananing barcha ochiq qismlarini kislota va ishqorlar tushishidan himoya qila olmaydi. Har qanday ish beruvchi o‘z xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashi lozim. Buning uchun ishonchli himoyani ta’minlaydigan maxsus kiyim sotib olish talab etiladi. \n
\n\n\t Shaxsiy himoya vositalari quyidagilar uchun turli xillarga bo‘linadi: \n
\n-
\n\t
- nafas olish a’zolari; \n\t
- bosh; \n\t
- ko‘z va yuz; \n\t
- qo‘llar; \n\t
- eshitish a’zolari; \n\t
- elektr jarohatlaridan himoya. \n
\n\t Laboratoriyalarda va ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qonunchiligi talab qiladigan kislotadan himoya qiluvchi kiyimlardan foydalaniladi. \n
\n\n\t Bunday kiyimlar kimyoviy ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash korxonalari, kimyo sanoati, gazni qayta ishlash korxonalari, galvanika sexlari, farmatsevtika ishlab chiqarishlari va tadqiqot laboratoriyalarida ayniqsa talabgir. \n
\n\n\t Kislotalardan himoyani ta’minlash uchun PVX, polipropilen tolalari aralashtirilgan jun matolardan foydalaniladi. Kiyim qo‘shimcha ravishda kislotaga chidamli tarkiblar bilan shimdiriladi. \n
\n\n\t Kislotadan himoya qiluvchi kiyimlar sulfat kislotasidan himoya qilish darajasiga ko‘ra, ya’ni konsentratsiyasi 20 foizgacha, 20 dan 50 foizgacha, 50 dan 80 foizgacha va 80 foizdan yuqori bo‘lgan kislotalar bilan ishlash uchun tasniflanadi. \n
\n\n\t Eng past himoya darajasiga ega kiyimlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallar qo‘llanilishi mumkin. Qolgan variantlar uchun molekulyar darajada kislotalarga maxsus chidamli ishlov berilgan polimer tolalar ishlatiladi. \n
\n\n\t Test sinovlaridan so‘ng himoya kiyimining sifati aniqlanadi. Mato gorizontal holatda joylashtiriladi. Olti soat davomida kislotalar shimilmasligi lozim. Vertikal holatda esa kislota tomchilari yuza bo‘ylab pastga sirpanib tushishi lozim. \n
\n\n\t Maxsus kiyim muayyan ekspluatatsiya xususiyatlariga ham ega bo‘lishi lozim. Kiyim mustahkam, qulay, gigiyenik va amaliy bo‘lishi lozim. Mahsulotda bo‘rtib chiqqan elementlar bo‘lmasligi, kislotalar to‘planib qoladigan g‘ijim hosil bo‘lmasligi lozim. Shu yo‘l bilan xodimlarning xavfsiz va qulay mehnati ta’minlanadi va ular o‘zlarini asossiz xavf-xatar ostiga qo‘ymaydilar. Ish beruvchi esa tekshiruvchi organlar tomonidan jarima sanksiyalaridan himoyalangan bo‘ladi, chunki ishlab chiqarishda va laboratoriyada xavfsizlik texnikasi normalariga rioya qilingan bo‘ladi. \n
- Izohlar



